Shirachdoshlar

Shirachdoshlar sarsabilnamolar qabilasiga mansub oila. Aksariyat ilmiy manbalarda loladoshlar oilasi tarkibida bo’lgan. Oila 50 ga yaqin turkum, 1400-1450 turni o’z ichiga oladi. Tropik va subtropik hududlarda keng tarqalgan. O’zbekistonda oilaning bitta ko’p yillik o’tlardan iborat shirach nomli turkumiga mansub turlari o’sadi. Bu turkumning barcha turlari O’zbekiston Respublikasi qizil kitobiga kiritilgan.