Shishchivinlar, gallisalar

Shishchivinlar, gallisalar— qo’shqanotlilar yoki pashshalar turkumiga mansub mayda chivinsimon hasharotlar oilasi. 3500 ga yaqin turi ma’lum. Tanasining uzunligi 1-5 millimetr. Chuvalchangsimon lichinkasining yaqqol ajralgan boshi yoki oyog’i yo’q bo’lib, urchuqsimon. G’umbagi, odatda yashirin, soxta yoki g’ovak pillada joylashgan. Shishchivinlarning o’simliklar (fitofaglar), mayda tirik organizmlar (zoofaglar) va zamburug’lar tanasi (mitsetofaglar) bilan oziqlanuvchi vakillari bor. Fitofag Shishchivinlar o’simlikning tirik to’qimalari bilan oziqlanib, shish, bujg’un (o’simta) hosil qiladi. Bir yillik va ko’p yillik o’tlar, daraxt hamda butalarga shikast yetkazadi. Ayniqsa, bug’doy, sholi va arpaga Gessen pashshasi katta ziyon keltiradi. Ayrim Shishchivinlar (masalan, beda gul chivini) beda, yo’ng’ichqa, vika va no’xatni shikastlaydi. Zoofag Shishchivinlar har xil o’simlik bitlari, cherveslar, barg burgachalari, oqqanotlar va boshqalar paraziti yoki kushandasi. Issiqxonalardagi o’simlik bitlariga qarshi biologik kurashda afidimiza katta ahamiyatga ega. O’rgimchakkana koloniyalarida Shishchivinlar uchraydi. Misetofag Shishchivinlar chirigan yog’och va o’rmon to’shamasidagi zamburug’lar tanasi hamda spora)tari bilan oziqlanadi.