Shizogoniya
Shizogoniya (Yunoncha ajrataman, parchalayman, tug’ilish, avlod) — bir hujayrali hayvonlar (sporalar, foraminiferalar) da va ba’zi suvo’tlar uchun xos jinssiz, birdaniga ko’p marta bo’linib ko’payish usuli. Shizogoniyada ona hujayra (shizont) yadrosi dastlab juda tez, ketma-ket bir necha bo’laklarga bo’linadi, so’ngra har bir yadro bo’lagi tsitoplazma bilan o’raladi. Shu tarzda bitta ona hujayradan juda ko’p qizlik hujayralar (merozoidlar) hosil bo’ladi. Hujayralar bir necha marta jinssiz usulda ko’payganidan keyin ularning ayrimlari jinsiy usul bilan ko’payishga o’tadi. Bunda dastlab gametositlar, keyin gametalar hosil bo’ladi. Bezgak parazitlari, koktsidiyalar, toksoplazmalar, sarkodalilardyan foraminiferalar dastlab Shizogoniya, so’ngra gametalar hosil qilib jinsiy (gametogoniya) usulda ko’payadi.