Shkala
Shkala (lotincha vsa1a — zinapoya, narvon) — 1) o’lchash asboblarining hisoblash qurilmasidagi belgilar yoki raqamlar majmuidan iborat qism (lineyka yoki limb). Teng bo’laklarga bo’lingan, kvadratik, logarifmik; to’g’ri chiziq yoki doira bo’ylab joylashgan bo’ladi. Teng bo’laklarga bo’lingan to’g’ri chiziqli shlarga chizma va o’lchov lineykalari, doira bo’yicha joylashganlariga soat mili va boshqalar kiradi; 2) Fizik kattaliklar (issiqlik, shamol kuchi) va boshqalar darajasini o’lchaydigan, aniqpaydigan kattaliklar tizimi; 3) ish haqining tadrijiy o’sib yoki kamayib borishini ko’rsatuvchi raqamlar majmui.