Shoabdurahmonov Shonazar
Shoabdurahmonov Shonazar (1923.5.5, Toshkent shahri) — tilshunos olim. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1974), Filologiya fanlari Doktori (1964), professor (1967). Toshkent pedagogika institutining o’zbek tili va adabiyoti fakultetini tugatgan. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi til va adabiyot institutida o’zbek dialektologiyasi sektorining mudiri (1954-91), bosh ilmiy xodim (1991-98). 1971-74 yillarda mazkur institut direktori, 1974-76 yillarda O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix, tilshunoslik va adabiyotshunoslik bo’limining akademik kotibi. Shoabdurahmonovning asosiy ilmiy faoliyati badiiy asarlar, xalq dostonlari tili, o’zbek dialektologiyasi masalalariga oid. Shoabdurahmonov hozirgi o’zbek adabiy tili imlosi, punktuatsiyasi, fonetikasi, morfologiyasi, leksikologiyasi va leksikografiyasiga oid yirik ilmiy tadqiqotlarning, oliy va o’rta maktablar uchun darslik va o’quv qo’llanmalarining hammualliflaridan. Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1973). As: punktuasiya qoidalari, T., 1953; O’zbek dialektologiyasi (hamkorlikda), T., 1959 (keyingi to’ldirilgan nashrlari: 1962; 1977); O’zbek adabiy tili va o’zbek xalq shevalari, T., 1962; O’zbektili grammatikasi, 1J., Morfologiya (hamkorlikda), T., 1975; O’zbek tili darsligi, 9sinf uchun (hamkorlikda), T., 1977 (keyingi nashrlar: 1978, 1980, 1982); Hozirgi o’zbek adabiy tili, 1-qism (hamkorlikda), T., 1980.