SHODIYEV RUSTAM HAMIDOVICH

SHODIYEV RUSTAM HAMIDOVICH (1938.15.5, Toshkent) — iqtisodchi olim, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1988), iqtisod fanlari Doktori (1981) professor (1983). Moskva iqtisodiyot institutini tamomlagan (1960). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Iqtisodiyot institutida kichik (1960-67). katta (1968-71) ilmiy xodim, bo’lim mudiri (1971-79), direktor o’rinbosari (1990-91). BMT maslahatchilarini tayyorlash kursida o’qigan (1979-80), BMTning Suriya Arab Respublikasi Moliya vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirgan loyihalari rahbari (1980- 82; 1984-85). O’zbekiston Respublikasi Mehnat vaziri o’rinbosari (1992-94), Tashqi ishlar vazirligida boshqarma boshlig’i (1995-97), bank-moliya akademiyasi ilmiy markazi rahbari (1997-2000), Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida kafedra mudiri (2000-2005), ilmiy ishlari jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar, xizmat ko’rsatish, aholi turmush darajasi, aholini ijtimoiy himoya qilish, demografiya, mehnat va moliya tizimini rivojlantirish masatatariga bag’ishlangan. Oliy maktablar uchun larslik yaratgan. Osiyo taraqqiyot bankinning O’zbekistonda agrosektor infratuzilmalarini rivojlantirish loyihalarida ishtirok etgan. As: sfera obslujivaniya i uroven jizni naseleniya, T.. 1984; Razvitie sfern obslu-jivaniya naseleniya (politiko-zkonomicheskoy analiz), T.. 1993; Jahon iqtisodiyoti [Oliy uquv yurtlari uchun darslik] T., 2005.