Shodmonov Sulaymon Nurillayevich
Shodmonov Sulaymon Nurillayevich (1938.15.9, Buxoro) — dirijyor, O’zbekiston xalq artisti (2000). Toshkent konservatoriyasini xor dirijyorligi (1960) hamda operasimfonik dirijyorligi (1975) ixtisosliklari bo’yicha tugatgan. Navoiy teatrida xormeyster (1960-66), bosh xormeyster (1966-80), Leningrad opera va balet teatrida dirijyor-stajer (1980-82), Toshkent operetta teatrida dirijyor (1982-91), Navoiy teatrida bosh xormeyster va dirijyor (1991 yildan). Musiqali teatr sahnasida bir necha operetta («Bayadera», I.Kalman; «Gusar uylanishi», G.Gladkov va boshqalar), o’zbek («Buyuk Temur», A.Ikromov; «Al-Farg’oniy», M.Bafoyev; «So’g’d elining qoploni», Ik. Akbarov) hamda Yevropa mumtoz («Lyuchiya Di Lammermur», «tungi qo’ng’iroqcha», G.Donisetti; O’zbekistonda ilk marta) operalarini dirijyor sifatida sahnalashtirgan.