Shohin
Shohin (taxallusi; asl ismi Shamsiddin) (1859, Buxoro — 1894, Qarshi) — fors shoiri. Buxorodagi Shodimbiy madrasasida tahsil olgan. Jami 12500 misradan iborat she’riy merosi bizgacha yetib kelgan. Ular 164 g’azal, 58 qasida, 4 muxammas, 3 musaddas, 27 ruboiy, 5 hajviy qasida, 2 tarje’band, 1 fard, «Layli va Majnun» dostoni va Sa’diyning «Bo’ston»i yo’lida yozilgan «Tuhfai do’ston» («do’stlar tuhfasi», 1890) pandnoma asarini o’z ichiga oladi. Shuningdek, «Badoe’ussanoe'» («Badiiy san’atlar») nomli nasriy asari mavjud. «Layli va Majnun» dostoni Xusrav Dehlaviy va Nizomiy Ganjaviylarning shu nomli dostonlariga Nazira sifatida yozilgan bo’lsada, Doston syujetida o’ziga xosliklar ham mavjud bo’lib, u o’z davri voqealarini keng yoritgan. As: Buxoriylar bo’stoni, T., 1998. Ad.: Mirzozoda X.M., Shamsiddin Shohin, Samarqand, 1956.