SHOMONLIK

SHOMONLIK (evenkcha shaman — jazavaga tushish) — ibtidoiy diniy e‘tiqod shakllaridan biri. Yovuz va ezgu ruhlarga, ularning inson hayotiga ta‘sir ko’rsatishiga ishonish Shomonlikning asosini tashkil etadi. Shomonlikda uning ruhoniylari — shomonlar ruhlar bilan aloqa bog’lay oladigan, bo’lajak voqealarni oldindan aytib bera oladigan shaxslar deb, ularga sig’iniladi.