Sho’rariq qishlog’i haqida eshitganmisiz?
Sho’rariq qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Andijon oblastining Uchqo’rg’on rayonida. Sho’r “sho’r joy, sho’r yer” ma’nosini bildiradi. Umuman bu so’z O’zbekistonda ko’plab toponimlar yasaydi, masalan, Sho’rkent, Sho’rqishloq, Sho’rsuv, Sho’rchi kabi nomlar Sho’rariq “sho’r yerda oqadigan ariq” demakdir. Tojikiston SSR dagi Sho’rob shahri nomi ham ayni shu ma’nodadir: sho’rob “sho’r suv, ariq”.



