SHO’RKUL SUV OMBORI

SHO’RKUL SUV OMBORI — Buxoro viloyatidagi suv ombori. Zarafshon daryosidan maxsus qazilgan kanal orqali kuzqish mavsumida to’ldiriladi. 1977— 80 yillarda qurilgan. Umumiy hajmi 170 million metr kub, to’g’oni balandligi 14,5 metr, maksimal suv o’tkazish imkoniyati 35 m3/s. Buxoro viloyatidagi G’ijduvon, Navoiy viloyatidagi Konimex va boshqalar tumanlardagi 35 ming gektar ekinzorlarni sug’oradi.