SHORLAR

SHORLAR (o’zlarini shor deb atashadi) — Rossiya Federatsiyasining Kemerovo viloyatida yashovchi xalq (tog’li Shoriya). 16 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Shor tilida so’zlashadi. Dindorlari rasman xristian bo’lsalarda, shomonlik saqlangan.