SHOVUSH
SHOVUSH — daryolar suvi yuzasidan muz parchalari va qor uyumlarining oqishi. Shovush suv osti muzlarining suv yuzasiga qalqib chiqishi, qirg’oq muzlarining sinib parchalanishi va suv betiga qor tushib qolishi natijasida hosil bo’ladi. Shovush muzi tiqilib to’xtab qolgan paytlarda suv sathi keskin ko’tarilib, tevarakatrofdagi yerlarni suv bosish xavfi ko’payadi. Bunday holatlarda daryo yuzasidan qoplab yotgan muzni parchalab, Shovushga yo’l ochib yuborish kerak. O’rta mintaqa daryolarida Shovush kuz va bahorda, O’rta Osiyo daryolarida qishda kuzatiladi.