Shox aldamchisi

Shox aldamchisi — monoklin amfibollar guruhining eng ko’p tarqalgan jins hosil qiluvchi minerali. Taxminan kimyoviy tarkibi Sa2№[M§, G’e]4 [A1, G’e][(31, A1)40″]2 [on, G’]2. Oksidlangan Shox aldamchisi (G’e263 yuqori tarkibda) bazaltli, xlor tarkibli turi esa (S1 3% chamasida) dashkesanit deb ataladi. Monoklin singoniyada kristallanadi. Yashil, qora, qo’ng’ir rangdagi cho’ziqprizmatik va noto’g’ri shakldagi donalar, tolali agregatlar hosil qiladi. Qattiqligi 5,5—6; zichligi 3,1—3,3 g/sm3. Mo’rt. Shox aldamchisi intruziv (granodiorit, sienit, diorit, Shox aldamchisili gabbro), effuziv (andezit, bazalt, porfirit) hamda metamorfik (amfibolit, Shox aldamchisili gneyslar va boshqalar) tog’ jinslari uchun xos. Yaltirashi nometall bo’lib, ko’pincha rangli tog’ jinslarida uchraydi. Shox aldamchisi — nisbatan barqaror mineral, lekin gidrotermal eritmalar ta’sirida xlorit, epidot, kaltsit va kvarsga aylanadi; nurash jarayonida opal, karbonatlar va boshqalar minerallarga parchalanadi. Shox aldamchisi O’zbekistonda Hisor tog’larining Janubiy g’arbiy qismida, Qurama, Nurota tog’lari va boshqalar joylarda mavjud.