Shoxdara, Janubiy Shoxdara, Jaushangoz
Shoxdara, Janubiy Shoxdara, Jaushangoz — Tojikistonning Tog’li Badaxshon Muxtor viloyatidagi Daryo. G’unt daryosining chap irmog’i (Amudaryo havzasi). Shoxdara tizmasining shimoliy yon bag’irlaridan boshlanadi. Uzunligi 142 kilometr, havzasining maydoni 4180 km2. Shug’non va Shoxdara tizmalari oralig’idan oqadi. Havzasida maydoni 166,7 km2 bo’lgan 379 ta muzlik bor. Qor va muzlik suvlaridan to’yinadi. Muzlamaydi. Iyulda suvi ko’payadi. O’rtacha ko’p yillik suv sarfi 34,5 m3/sek. O’rtacha yillik suv sarfi 48,6 m3/sek. dan (ko’p suvli yilda) 2,6 m3/sek.gacha (kam suvli yilda) o’zgaradi. Sug’orishda foydalaniladi.