Shoxdara tizmasi

Shoxdara tizmasi — Pomirning Janubi g’arbidagi tog’ tizmasi (Tojikistonda). Panj va Shoxdara daryolari oralig’idagi suvayirg’ich. Uzunligi 100 kilometrga yaqin, eng baland joyi 6726 metr. Ikki qismga bo’lingan. Birinchi, Sharqiy qismi (Shoxdara tizmasining o’zi)ning uzunligi. 100 kilometrga yaqin, eng baland joyi 6726 metr. Ikkinchi, g’arbiy qismi meridianal cho’zilgan ishkoshim tizmasidan iborat (uzunligi 95 kilometr, eng baland joyi — Mayakovskiy cho’qqisi, 6096 metr). Shoxdara tizmasining suvayirg’ich qismi o’tkir, qoyali. Yon bag’irlari tik, Panj daryosining ko’plab irmoqlari bilan chuqur kesilgan. Ularning ko’pchiligi dara shaklida, vodiylarida muzliklar hosil qilgan relef shakllari tarqalgan. Yon bag’irlari balandtog’o’tloq dashtlari va qurumlar bilan qoplangan. Muzliklar bor. Ularning umumiy maydoni 433 km2ga yaqin.