SHOXILAK

SHOXILAK — sho’radoshlar oilasiga mansub butacha. Bo’yi 15-75 santimetr, barglari yaxshi rivojlanmagan, gullari ikki jinsli, gulyonbargchalari yo’q, gulqo’rg’oni 4 tishchali, changchisi 2 ta, to’pguli tig’iz, qalami, tsilindrsimon yoki ovalsimon, seret boshoqdan iborat. Mevasi yumaloqovalsimon. Urug’i tuksiz, silliq. Shoxilak iyul—avgustda gullab meva beradi. O’zbekistonda taqir va sho’rxok yerlarda keng tarqalgan.