Shpur
Shpur (nemischa iz) — tsilindrsimon kon lahimi bo’lib, burg’ilash natijasida hosil bo’ladi (diametri 75 millimetrgacha, chuqurligi 5 metr). O’lchamiga ko’ra shlar: mayda (1,5 metrgacha), o’rtacha (1,5—2,5 metr) va chuqur (2,5 metrdan ziyod) hamda yo’nalishi bo’yicha — gorizontal, vertikal va qiya bo’ladi. Shpurlarni burg’ilashda burg’ilash bolg’alari, elektroparma va boshqalar engil burg’i mashinalaridan foydalaniladi. Shpurlar qoya tog’ jinslaridan inshootlarni o’tkazishda, ularga portlovchi moddalarni joylashtirishda va foydali qazilmalarni maydalab urib tushirishda, gidrotexnika va yo’l qurilishida ishlatiladi.