Shuayb
Shuayb — Qur’onda tilga olingan payg’ambarlardan biri. Arabistonlik 4 payg’ambardan (Hud, Solih, Muhammad bilan birga) biri. Shuayb o’z qavmini fasohatli usullar bilan imonga da’vat etganligidan «payg’ambarlar xatibi» deb nom olgan. Shuayb va uning qavmi Arabiston yarim orolining qizil dengiz qirg’og’idagi Madyon degan joyda yashab o’tgan. Bu qavm, asosan, savdosotiq bilan shug’ullangan. Ular Allohga ibodat qilish o’rniga turli ilohlarga sig’inadigan, moddiy boylik orttirishga hirs qo’ygan, bu yo’lda har qanday razolat, nohaqliklardan qaytmaydigan kishilar edi. Savdo qilganlarida toshtarozidan urib qolishga odatlanishgandi. Shuayb o’z qavmini savdoda halollikka, kishilar haqiga xiyonat qilmaslikka da’vat eta boshladi. Shuaybning nasihatlariga ko’nmagan qavmning barchasi zilzila yuz berishi natijasida halokatga uchradi. Qur’onda payg’ambarlarga bo’ysunmagan qavmlarni Alloh qattiq azobga duchor qilishi eslatiladi (7: 8587; 11: 87-90).