Shumpeter Yozef
Shumpeter Yozef (1883.8.2, Moraviya 1950.8.1, AQSh, Konnektikut shtati, Takonik shahri) — iqtisodchi va sotsiolog. Vena universitetida ta’lim olgan. Avstriya Respublikasining moliya vaziri (1919— 20). Bonn universiteti (1925-32), 1932 yildan Garvard (AQSh) universiteti professor. Tadbirkorlik masalasi Markaziy o’rin egallagan iqtisodiy dinamika kontsepsiyasi muallifi. Shumpeter «samarali raqobat» nazariyasini asoslab bergan. Bu nazariyaga ko’ra, «katta biznes» davrida bozor mexanizmi monopoliyalar va raqobat kuchlarining o’zaro samarali natijasi tarzida baholandi. Dinamik iqtisodiy tsikl kontsepsiyasida tsikllikni iqtisodiy o’sishning qonuniyati deb qaraydi. Bu kontsepsiyaga ko’ra, iqtisodiy o’sish va farovonlikning harakatlantiruvchi kuchi — asosiy kapitalga ommaviy investisiyalar kiritish hisoblanadi.