Shvarsvald
Shvarsvald Germaniyaning Janubiy g’arbiy qismidagi tog’ massivi, Reyn daryosining o’ng sohilida. Uzunligi 160 kilometr, eni 35-60 kilometr. Eng baland joyi 1493 (Feldberg cho’qqisi). Grayit, gneys va qumtoshlardan tuzilgan. Yuqori Reyn pasttekisligiga tutash yon bag’ri juda tik. Cho’qqilari gumbazsimon yassi. Yon bag’irlari keng bargli va igna bargli o’rmonlar bilan qoplangan, tog’ tepalari o’tloq. Uran va polimetall rudalari konlari bor. Mineral buloqlar yonida kurortlar (Badenbaden, Badenvayler va boshqalar) barpo qilingan.