Shyuts, Shyus Genrix
Shyuts, Shyus Genrix (1585.14.10, Kyostris, Gera yaqinida — 1672.6.11, Drezden) — nemis kompozitori, organchi, pedagog; milliy kompozitorlik maktabi asoschisi. Kompozitsiyadan G. Otto (Kassel) va Venesiyada J. Gabrielidan saboq olgan. Kassel, Drezden, Kopengagen va boshqalar shaharlarda saroy kapellalari rahbari (1614-57). Ijodida milliy musiqa an’analari bilan italyan xor polifoniyasi hamda gomofoniya uslublari uyg’unlashgan. Ilk nemis operasi («dafna», 1627) va balet («Orfey va Evridika», 1638) muallifi. Madrigal, motet, xor kontserti, ariya, diniy Kantata, oratoriya, Passion va boshqalarning yorqin namunalarini yaratgan. Badkyostrisada Shyutsning memorial muzeyi faoliyat ko’rsatmoqda.