Sibir platformasi

Sibir platformasi — shim. Osiyoning o’rta qismida joylashgan qad. (rifeygacha bo’lgan) yirik platformalar- dan biri. S.p. g’arbda Enisey vodiysi, shim.da Birranga toglarinkng Jan. chek- kasi, Sharqda Lena daryosi etaklari b-n chegaralanadi. S.p.da arxeyproterozoyga oid bur- malangan kristalli fundament va uni qoplovchi rifeyfanerozoy davrlari- ning cho’kindi jinslari qatlami ajra- lib turadi. Shim. (Anabar massivi va Olenek ko’tarilmasi), Jan.Sharq (Aldan qalqoni) va Jan.G’arb (Baykal oldi hamda Sharqiy Sayan chekka ko’tarilmalari)da fundament er yuzasiga chiqkan. S.p.ning boshqa hududlarida fundament 10-12 km qalinlikdagi cho’kindi yotqiziklar b-n qoplangan va turli chuqurlikka tushgan bloklar sistemasiga bo’lingan. Er po’stining (Moxorovichich yuzasiga- cha) umumiy qalinligi 25-30 km dan (Vilyuy va Tungusska sineklizalarida) 40-45 km ga (Aldan qalqoni va Jan.dagi fundamentning chekka ko’tarilmalari hamda Kanning er yuzasiga chiqib kalgan joylarida) etadi. Fundamentda arxey va proterozoy davrlariga mansub mutlaq yoshi 2,3 — 3,7 mlrd. yilga teng kuchli metamorflashgan kristalli jinslar (gneys, kristalli slanes, amfibolit, charnokit, marmar) mavjud. Cho’kindi qoplam tarkibida yuqori tokembriydan antropogengacha hosil bo’lgan yotqiziklar bor. Rifey, kembriy va ordovik davrlarida hosil bo’lgan jinslar (chaqiq jinslar, karbo- natli va tuzli qatlamlar) keng tarqalgan. S.p. ning eng serbar sineklizasi — tun- gusska sineklizasi karbon va Perm davrlariga mansub terrigenko’mirli yotqiziqlar, yuqori Perm, trias davrla- riga oid tufogen jinslardan iborat; si- nekliza chekkalarida otqindi jins juda ko’p. Irkutsk bukilmasi hamda qator botiqlar yura davri yotqiziqlaridan hosil bo’lgan. Eniseyxatanga va Lena bu- kilmalari, Vilyuy sineklizasi yura, bo’r davrlari va kaynozoy yotqiziqlaridan tarkib topgan. S.p.ga magmatik tog’jinslarini keng tarqalishi xos bo’lib, trappli magmatism ulardan eng rivojlanganidir. Trapplar b-n Norilsk mis nikel konlari, Udo- kanda misli kumtoshlar, kimberlit nay- chalarida esa olmos konlari uchraydi. Platforma fundamentida juda yirik temir konlari, slyudalar (flogopitlar), pezokvars va apatit konlari; cho’kindi qoplamda neft, yonuvchi va bitumli sla- neslar, gaz, toshtuz, gips, temir rudasi, fosforit, marganes, magnetit rudalari, Nodir metallar, grafit, Island shpati va b. foydali qazilma konlari bor. S.p. ko- plam yotqiziqlarida dunedagi eng yirik ko’mir havzalari joylashgan. Sibir Xonligi 15-a. oxirlarida tashkil topgan davlat. 1495 y. Tyumen xoni Iboq o’ldirilganidan keyin, uning avlodi Taybug’o Maxmet (Mahmudak) tatar ulus- lari siyosiy Ittifoqiga bosh bo’ldi va xonlikni o’zining asosiy qarorgohi — Sibir (Qishliq) nomi b-n atadi. Vol- ga bo’yidagi Oltin O’rda davlati ichki va tashqi urushlar orqasida zaiflashib va parchalanib ketdi. Natijada birbir — laridan mustaqil Astraxon, Qozon, Si- bir va b. xonliklar yuzaga keldi. Ular- ning orasida S.x. eng chekka va sovuq joy bo’lib o’rmonlar va dare suvlariga boy o’lka hisoblangan. U erda turkiy tilli aholi yashab chorvachilik, dehqonchilik va xunarmandchilik b-n shugullangan. Xonlikning poytaxti dastavval hoz. Tyu- men sh. o’rnidagi Chingitura degan joy edi. Keyinchalik poytaxt Irtish daryosi bo’yidagi Qishliq (rus manbalarida — Iskar) nomli shaharga ko’chirilgan. 1555 y.da tatar yuqori tabaqa vakil- lari Sibir taxtini egalladilar. Ammo, 1563 y.da Shayboniylar sulolasiga man- sub Ko’chumxon Buxoro xoni Abdullaxon II ning harbiy yordami tufayli taxtni qo’lga kiritadi. Buxorodan Sibirga harbiy qism b-n bir qatorda savdogarlar va din peshvolari borib o’rnashdilar. Ko’chumxon o’z qo’li ostidagi erlarda o’zbek din peshvolarining boshchiligida Islom dinini tarqatishga harakat qildi. Shu tariqa S.x. Abdullaxonning ta’sir doirasiga tortiddi. U erga o’zbeklar borib savdo va dehqonchilik b-n shug’ullandilar. Ular hokimiyatni boshqarishga ham ko’maklashdilar. Buxoro xonliginchng Sibir b-n aloqani yaxshilashga qaratilgan harakati bejiz bo’lmagan. Sibirning O’rta Osiyo b-n siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalari chuqur tarixiy davrlardan boshlanib ko’p asrlar mobaynida davom etgan. U erda o’zbek gazlamalari, kiy- imboshlari va b. mollariga talab katta edi. O’z navbatida, O’rta Osiyoda Sibir- ning qimmatli mo’ynalariga ehtiyoj zo’r bo’lgan. Buxoroliklar Islom dini- ni tarqatish vositasi b-n ham Sibirda o’zlarining mavqeini mustahkamlashga harakat qilganlar. Xususan, Naqshbandiya tariqatining 361 kishidan iborat mu- ridlari Sibirga borib Islom dinining tarqalishiga asos solganlar. Bu ishda Oqilabibi, Anipabibi, Xadichabibi, Solihabibi va b. o’zbek ayollari ham qatnashgan. 1581 y.da ermak va Ko’chumxon askarlari urtasida jang bo’lib ermak poytaxt Iskarni egallaydi. Shundan keyin ham ular o’rtasidagi urushlar da- vom etib ulardan birida ermak halokatga uchraydi. Ammo, xonlik 1598 y.da rus qo’shini tomonidan tamomila bosib oli- nib Sibir Rossiyaga qo’shib olinadi. Ad.:3iyaev H., Sibir, Volga va Ural bo’ylaridagi o’zbeklar, T., 2003. Hamid Ziyoev.