Sidqiy Xondayliqiy

Sidqiy Xondayliqiy (taxal- Lusi; asl ism-sharifi Sirojiddin Max- dum Mirzohidoxund o’g’li) (1884 — hoz. Bo’stonliq tumani Xondayliq qishlog’i — 1934) — shoir, xattot, tarjimon. Arab, fors tillarini o’rgangan. Xattot- likka qiziqqan, zamonasining mashhur qilqalami Muhammad Shohmurod kotib (1850— 1922)ga shogird tushgan. S. tosh yo’nib, unga ishlov berish, turli bezaklar tushirish, suratlar ishlash, muhr yasash b-n ham shug’ullangan. Ayni paytda she’r mashq qilgan. Shoir sifatida shakllani- shida Kamiynknt xizmati katta bo’lgan. U boshliq adabiy davralarda faol ish- tirok etgan. Ilk she’rlarini «Shuhrat», «Shevan» (nola, fig’on) taxalluslari b-n yozgan («Tuhfai Shavkat», 1913; «Savg’oti Shavkat», 1914 — to’plamlar). Keyinroq barcha asarlarini S.X. taxallusi b-n chop ettirgan. Lirik she’rlarida mumtoz ada- biyotimizdagi hayotiy, insoniy muhabbat, odamiylik singari yaxshi an’analar- ni davom ettirgan. Poetik merosining salmoqli qismini hajviyot va ijtimo- iy she’rlar tashkil qiladi. Ijtimoiy- siyosiy she’rlari esa davrning muhim voqealariga bag’ishlangan («muhoraba», «Yashasun yoshlar», «toza Hurriyat» va b.). Mardikorlik voqealari haqida asar- lar yozgan [«Rabo(t)chilar namoyishi». «Rabo(t)chilar kelishi», 1917]. S.X.ning «Rusiya inqilobi» dostoni (1917, mart) Rusiya inqilobi voqealarini keng epik planda tasvir etuvchi dastlab- ki asar. Dostonning haj.mi 1502 misra. Shundan 72 misrasi fors-tojik tilida, qolgani o’zbekchada yozilgan. Voqealar 23 Fev. — inqilobning birinchi kuni tas- viridan boshlanadi, so’ng kunmakun be- riladi. S. X. Fevral inqilobini quchoq ochib qarshi olsada, uning natijalari- dan qanoatlanmagan. Doston inqilobdan keyingi sharoitni jiddiy va atrof- licha tahlil etish, barchani birlikka, hamjihatlikka chorlash b-n yakun topgan. Bu g’oya «umidi ittifoq» (1918) tar- ji’bandida davom etadi. S. X. «Tazki- Rai imomi A’zam», «Sad irshodi mulla Sidqiy Xondayliqiy» («Mulla Sidqiy Xondayliqiyning yuz nasihati»), «Me- zoni shariat» (1915, 1917, 1992), «zar- bulmasali Sidqiy», «Holoti Sidqiy» kabi nasriy asarlar ham yozgan. Ular- ning ko’pchiligi diniyaxloqiy mavzu- da. «Hikoyai latifa», «Bahrom va Mali- Kai Gulandom», «ajoyib ulmaxluqot», «O’g’ri va qozi», «Bo’ston» (Sa’diy) kabi asarlarni tarjima qilgan. S. X. ko’chirgan devon, bayoz va risolalar, yasa- gan muhrlari nusxalari, toshlavhalar hamda chizgan To’ychi Hofiz va Tavallo suratlari xususiy va davlat ku’ gub- xonalarida, shuningdek, 20 dan ortiq bosma va k^;lyozma asarlari O’zbekiston FA Sharqshunoslik in-tida saqlanadi (R7629), 7631, R—7629—III). «As: Navbahor, T., 1984; tanlangan asarlar, T., 1998. Ad.: Murodov A., O’rta Osiyo xattot- lik san’ati tarixidan, T., 1971. Begali Qosimov.