Sig`alon

Sig`alon — tog`larda tik yon bag`irlarning o`rta va quyi qismlarida to`plangan silliqlanmagan parcha toshlar. Tub tog` jinslarining nurashi va nuroq jinslarning yuqoridan qulab tushishi natijasida hosil bo`ladi. Sig`alondagi jinslarning katta-kichikligi ularning tarkibiga bog`liq: slanets, granit sig`alonlar mayda toshli, ohaktosh sig`alonlar yirik toshlidir.