Sigir
Sigir — buzoklagan urg’ochi qoramol. Urg’ochi buzoqlar zotiga va o’sishiga qarab 18-20 oyligida g’unajin bo’lib etishadi va qochirishga qo’yiladi. Bo’g’ozlik davri o’rtacha 282-285 kun. G’unajinlar tuqqanidan keyin S.lar guruhiga kiritiladi. S.lar, asosan, sut va buzoq olish (podani to’ldirish) uchun boqiladi. Ularning sog’im davri 300— 305 kun. O’zbekistonda boqiladigan qizil cho’l, Bushuev, qoraola, shvis zotli S.lar bir yilda 3000-6000 kg va undan ko’p sut beradi. S.lar o’rtacha 20 (ba’zan 35) yil yashaydi. Xo’jaliklarda S.lardan 5-6, ayrim sermahsul, o’rtacha yillik sog’imi 9-12 ming kg bo’lgan rekord- chilaridan 9-10 marta tug’ishiga qadar foydalaniladi. Qisir qolgan, qarigan, nuqsonli S.lar semirtirib go’shtga top- shiriladi.