Sig’noq, Sunax, Sug’noq, So’noqota, So’naq qo’rg’on
Sig’noq, Sunax, Sug’noq, So’noqota, So’naq qo’rg’on — Sirdaryo- ning quyi oqimi bo’ylarida, Qizilo’rda (Qozog’iston)ning Jan.da joylashgan qad. shahar. O’troq, madaniy viloyatlar b-n dasht o’rtasidagi chegarada mil. AV. 3-a.da bino etilgan. U 10-a.da o’g’uzlarta tegish- li bo’lgan. 11-a. o’rtalaridan yirik sav- do shaxri, qipchoqlar poytaxti sifatida mashhur. 1219 y. etti kunlik qamaldan so’ng S. mo’g’ullarning Jo’jixon bosh- chiligidagi qo’shini tomonidan vayron qilingan, lekin 14-a.da qayta tikla- nib, 14-a. o’rtasida oq O’rda poytaxtiga aylangan. 15-a.da S. o’zbek xonlarining poytaxt shahri bo’lgan, 16-a.da esa qozoq xonlari tasarrufiga o’tgan. 14-16-a. larda S.da tangalar zarb etilgan, ko- Shin parchalari b-n bezatilib pishiq g’ishtdan ishlangan imoratlar (madrasa, masjid, maqbaralar) qurilgan. Manba- larda S haqida 18-a.dan keyin ma’lumot uchramaydi. Shahriston (10 ga)ni uragan mudofaa devori va uning 15 minora- si xarobalari va rabod (taxm. 13 ga) ni muhofaza qilgan tuproq tepa, shuning- dek, 14-16-a.larga oid bir qancha bino- larning qoldiqlari saqlangan.