Sijistoniy
Sijistoniy, Abu Dovud Sijistoniy (to’liq ismi Sulaymon ibn ash’- as ibn Ishoq ibn Bashir ibn Shaddod ibn Amr alazdiy assijistoniy) (817, Si- jiston — 888/889, Basra) — muhaddis, Imom. Yoshligidan hadis ilmini o’rgangan. O’smirlik chog’laridayoq hadis to’plash niyatida Xuroson, Iroq, Suriya, Misr, Hijoz kabi yurtlarda bo’lgan. Bir qancha ulug’muhaddislar (Buxoriy, Ahmad ibn Hanbal, Qutayba ibn Sayd, Termiziy) b-n uchrashgan. U hadislarni nakl qilish va ularning sabablarini ko’rsatish bo’yicha muhaddis ulamolar- ning ulug’laridan biri sanaladi. S. o’zining aytishicha, 500 ming hadis yozib olgan. Shulardan 4800 tasini ma’lum bir shartlar asosida ajratib, «Sunani Abu Dovud» to’plamini tuzgan. Uning «Nosix ulqur’on va mansux» («Qur’onning nasx qiluvchi va nasx qilingan oyatlari») va «Daloil alnubuvvat» («payg’ambarlik dalillari») asari ham bor. S.ning asar- lari ayfl assunna valjamoa uchun muhim manba hisoblangani tufayli azaldan Movarounnahrda keng tarqalgan.