Sikhlar

Sikhlar — 1) Hindistondagi sik- xizm tarafdorlari. Boburiylar b-n uzoq vaqt urushlar olib borishgan (17-18-a. ning boshi) va Panjobda o’z davlati- ni tuzishgan (1765-1849). S.ni tashqi ko’rinishiga qarab Hindistonning boshqa xalqlaridan ajratish oson. Er- kaklari soqol o’stiradi, sochlarini oldirmaydi. Sochlarini bosh kiyim — pagriy (salla)ga taroq b-n turmaklab qo’yadilar, soqollarini iyaklariga o’ziga xos ravishda bog’lab quyishadi. S. do- imo bellariga xanjar (yoki qilich) va qo’llariga bilaguzuktaqib yurishadi. S. — dehqonchilik, hunarmandchilik, te- mirchilik b-n shug’ullanadi, ayrimlari sanoatda band; 2) panjobilardan ajra- lib chiqqan xalq. Umumiy soni 16,7 mln. kishi (1990y.lar o’rtalari), shu jumla- dan, Hindistonda 16,5 mln. kishi. S. panjobi tilida so’zlashadi. Dindorlari sikxizmga e’tiqod qiladi.