Silikat kislotalar, kremniy kislotalar

Silikat kislotalar, kremniy kislotalar — silikat angidrid (SiO2)ning suvli hosilalari. Umu- miy formulasi nSiO2MH2OSiO2H2O yoki (H2SiO,)2 —metasil ikat kislota, SiO22H2O yoki H4SiO4 — ortosilikat kislota, 2SiO,3H2O yoki H6Si207 — pi- rosilikat kislota, disilikat H2Si205 va H10Si2O9 hamda polisilikat kislo- talar ma’lum. S.k. suv b-n kolloid erit- ma hosil qiladi. Juda kuchsiz bo’lib, qizdirilganda suv va silikat angidrid- ga ajraladi. Metall silikatlarga xlo- Rid kislota yoki ammoniy xlorid ta’sir ettirish yoki kremniy (IV) xlorid SiCl4 ni gidrolizlash yo’li b-n olinadi. S.k. gellari bug’, yog’, neft va b. moddalarni tozalashda adsorbent sifatida ishlati- ladi, tarkibida 2 va undan ortiq krem- niy atomi tutgan S.k. polisilikat kis- lotalar deb ataladi. S.k. zollari adsor- Bentlar, kvars shishasi olishda xom ashyo, sanoat qurilmalarida bug’va gazlarni yutuvchi modda, suv va mineral moylarni tozalashda filtr sifatida qo’llanadi.