Sillabik tonik she’r tizimi

Sillabik tonik she’r tizimi (Yun. syllabe — bo’g’in va tonos — urg’u) — tonik she’r tizimi turla- ridan biri; misrada urg’uli va urg’usiz bo’g’inlarning hamda hijolarning iz- chil almashinib kelishiga asoslanadi. Misralarni ritmik jihatdan uyushti — rish va she’riy ohang yaratishda urg’uli va urg’usiz bo’g’inlar kombinasiyasi muhim rol o’ynaydi. Urg’uli va urg’usiz bo’g’inlarning tartibli joylashishi na- tijasida hijo (stopa)lar hosil bo’ladi. [Shartli ravishda urg’usiz hijoni qisqa hijoga (i), urg’uli hijoni cho’ziq hijoga (—) tenglashtirish mumkin]. Ular rus she’riyatida, asosan, beshta (yamb, xorey, daktil, amfibraxiy, anapest) bo’lib, har biri o’ziga xos tuzilishiga ega.