Sillanpya (Sillanpaa) Frans Emil

Sillanpya (Sillanpaa) Frans Emil (taxallusi — E. Syuvyari, Sarvi) (1888.16.9, Xyamenkyuryo 1964.3.6, Xel- sinki) — fin yozuvchisi. 1romani — «Quyosh va hayot» (1916). «Adolatli kam- bagallik» (1919) romani Finlyandiyadagi fuqarolar urushi fojialari mavzuida. Asarda muallif fin yozuvchilaridan bi- rinchi bo’lib, «qizillar» va «oqlar» o’rtasidagi qurolli kurashningdahshatli ekanini xolis tasvirlagan. Roman mam- lakatning inqirozdan chiqib olishi uchun birinchi turtki bo’lib, finlarning ruhiy jarohatdan davo topishlariga yor- dam bergan, shu sababli 1920 y.dan Fin- lyandiya hukumati S.ga umrbod stipendiya ta’sis etgan. «Yoshlikda vafot etgan» (1931) romani mashhur. «Yoz tunidagi odamlar» (1934) S.ning eng yaxshi asari bo’lib, uning kompozisiyasi yoyilib ket- gani va o’ta hissiyot b-n yozilgani uchun dostonga o’xshab ketadi. «Avgust» (1941), «Inson hayotining go’zalligi va azobla- ri» (1945) asarlari ham bor. Nobel mu- kofoti laureati (1939).