Simirenko, Simirenko reneti

Simirenko, Simirenko reneti — kechpishar olma navi. Mliev tajriba st-yasi (Cherkassi viloyati)da ukrain oli- mi va pomologi L. P. Simirenko (1855— 1920) tomonidan yaratilgan. O’rta Osiyoga 20-a. ning boshlarida keltirilgan. Dast- lab Toshkent, Samarqand sh. atroflari — da ekilgan. Daraxti o’rtacha bo’yli, kuch- li payvandtagda bal. 6-7 m ga boradi. Shoxshabbasi keng, o’rtacha shoxlangan. Mevasi yirik, o’rtacha vazni 120 g (400 g gacha boradi). Pusti yashil, oq nuktalari bor, oftobga karagan tomoni sariq rang, eti ko’kimtiroq, qattiq, sersuv, muloy- im, nordonroqshirin, xushbo’y tarkibi- da 12,7% kand, 0,63% kislota mavjud. O’zbekistonda S. navi 20-a.ning 70y.la- rida bog’larda o’stirilishi jihatidan 1-o’rinni egallagan (jami bog’larning 36,6%). Mevasi sent. oxiri — okt. bosh- larida uziladi. 4-6 oy yaxshi saqlanadi. Yovvoyi olmaga payvand qilingan ko’chati 5-6 yili, past payvandtagda 3-4 yili hosil beradi, 8—9yili to’liq hosilga kiradi. Tupidan 145-300 kg gacha hosil olinadi. K,ishki olma navlari orasida tovar mahsuloti sifati bo’yicha birinchi o’rinda turadi. Daraxti sovuqqa chidamli (-26° gacha chidaydi). O’zbekistonning barcha viloyatlarida ekiladi va mo’l hosil olinadi.