Simon (Simon) Klod
Simon (Simon) Klod (1913.10.10, Madagaskar oroli Antananarivu sh.) — frantsuz yozuvchisi. Frantsuz roman- chiligiga estetik jihatdan yangicha ruh olib kirgan adiblardan sanaladi. Zobit bo’lgan. 2-jahon urushida asirga tush- gan, u erdan qochib, qarshilik ko’rsatish harakatiga qo’shilgan. Birinchi romani — «Muttaham» (1945). Keyingi romanla- ri («tarang ip», 1947; «Gulliver», 1952; «Mansabga ko’tarish», 1954; «shamol», 1957) avtobiografik motivlarda yozil- gan. S urush yillarida frantsuz rassomi Raul Dyufi b-n tanishib, umri davomida uning nasihatlariga amal qilgan. Asar- larini ham rassomlarning «kollaj» usulida yozib, yozuvchi o’zi uchun kitobni «kartina sifatida yozish lozim, holbuki, har bir kartina — eng avvalo kompozi- tsiya», degan qoida kashf qilgan. «Farsal- dagi jang» (1969) romani munaqqidlar tomonidan «yangicha roman» deb qabul qilingan. «Triptix» (1973) romani ochiq shahvoniy yo’nalishda yozilgan. «Buyumlar sabog’i» (1975) romanining tili murak- kab bo’lib, S tajriba kompozisiyasidan foydalangan. S.ning «Muqaddas bahor» (1954), «Maysa» (1958), «Flandriya yo’llari» (1960), «mehmonxona» (1962), «Tarix» (1967), «ibratli dars» (1976), «Georgiklar» (1981) kabi romanlari ham bor. Nobel mukofoti laureati (1985).