Sinantroplar
Sinantroplar (lot. Sina Xi — toy va Yun. antropos — odam) — eng qadimgi odamlar (arxantropyaar)ga man- sub qazilma odamlar. Juda ko’p suyaklari (kalla qutisi, pastki jag’lar parchala- ri, oyoq va ko’l suyaklari) o’rta pleysto- tsen qoldiqlaridan ilk bor 1927-37 y.larda Xitoydan topilgan (nomi shun- dan olingan). S. morfologik jihatdan pitekantroplarga yaqin, lekin ulardan miya hajmining kattaligi (1000 sm3 ga yaqin), peshonasining birmuncha kengligi b-n farq qiladi. Sning suyak qoldiklari b-n birga ular foydalangan, ilk Paleo- lit davriga mansub sodda tosh qurollar, ularning olovdan foydalanilganiga guvohlik beruvchi kul va hayvonlarning kuygan suyak qoldiqlari topilgan.