Sinchalaklar, penochkalar
Sinchalaklar, penochkalar (Phylloscopus) — chumchuqsimonlar turku- mi, moyqutlar oilasiga mansub qushlar urug’i. Mayda qushlar, 10-14,5 sm, vazni 6-12 g. Patlari kulrang yoki ko’kimtir tovlanadi. Evrosiyoda tarkalgan 30 turi ma’lum. O’rta Osiyoda 12 turi baxrrda va kuzda qushlar uchish davrida uchray- Di. Erga, daraxt va butalarga uya quradi, 4-8 ta tuxum qo’yadi; 13-15 kun tuxum bosadi. Bolalarini 15-18 kun boqadi. Hasharotlar, o’rgimchaklar, mevalar b-n oziklanadi.