SINDIKAT

SINDIKAT — monopolistik birlashmaning shakli. Unda sindikatga birlashayotgan korxonalar ishlab chiqarish mustaqilligini saqlab qolgan holda o’zlarining tijorat sohasidagi mustaqilligidan mahrum bo’ladilar. Bunda buyurtmalarni taqsimlash, xomashyo sotib olish, ishlab chiqarilgan mahsulotni sotish uchun o’zlarining tijorat faoliyatlarini birlashtirib, yagona idora tuzadilar.