Siniskiy Dmitriy Dmitrievich

Siniskiy Dmitriy Dmitrievich (1907.18.1, Ukrainaning Kirovo- grad viloyati — 1970.2.7, Toshkent) — grafik rassom, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1967). 1945 y.dan O’zbekistonda. «Mushtum» jur. va gaz.larda bezatuvchi rassom. S. ijodi b-n gazetajur. plakati rivojiga samarali hissa qo’shgan; hayotda uchrab turadigan kamchiliklar, salbiy illatlar, yaramas odatlarni fosh etuvchi karikaturala- ri, rasmlari gazetalar va «Mushtum», «G’uncha» jur. sahifalarida, «Jango- var qalam» plakatlar turkumida nashr qilingan. Zulfiya, A. Udalov, Po’lat Mo’min va b. adiblarning kitoblarini badiiy bezagan.