Sintetik selektsiya
Sintetik selektsiya — selek- tsiyada tanlash uchun duragaylash yo’li b-n chiqarilgan (sintezlangan) boshlang’ich materialdan foydalanishga asoslangan usul. Seda ota-ona juftlarini ularning kelib chiqish joyi va muhit sharoitlari bo’yicha uzokligiga qarab tanlash muhim o’rinni egallaydi. Birbiriga yaqin na- vlarni chatishtirish ham qo’llaniladi, shuningdek, poliploidiya, amaliy muta- genez, liniyalararo duragaylarni yara- tishda qo’llaniladigan o’zidan changlan- tirish va b.dan ham foydalaniladi. S.s. o’simliklar selektsiyasidagi asosiy usul. Hoz. ekinlarning juda kup yangi navlari shu usulda yaratilgan (q. Inbriding).