Sintezator

Sintezator — murakkab electron musiqa cholg’u asbobi. S. boshqa (jum- ladan, elektro) musiqa cholg’ularidan farqli o’laroq tovushlarni chiqarish bo’yicha cheklanmagan imkoniyatlariga ega: unda barcha kuy va usullar, turli musiqa sozlari va tabiat tovushlari (mas, sha- mol g’uvillashi, qushlar sayrashi), shu- ningdek yangi, tabiatda mavjud bo’lmagan tovush, shovqin va tembrlarni chiqarish mumkin. Birinchi mukammal namunala- ri 20-a.ning 2-yarmida kashf etilgan (E. Murzin, R. Mug va b.). Ular faqat Max- sus studiyalarda, asosan, kompozitorlar tomonidan ishlatilgan (X. Veding, E. Denisov, E. Artemev va b.). Keyincha- lik ixcham shaklidagi kontsert va b. S.lar paydo bo’lib, estrada va popmusiqa (mas, Pol Maria orkestri, «Bony M» ansamb- li), rok musiqa («Space», «Pink Floyd», «Zodiak» kabi guruxlar), kinomusiqa, radio va telespektakllarda keng foyda- lanilgan. O’zbekistonda turli rusumdagi S.lar 1980y.larning boshlarida paydo bo’lib («Yalla» ansambli, Sh. Jo’raevga jo’rnavoz guruh va b.), hozirda radio va televidenie, kinostudiya va teatrlarda, musiqa studiyalarida fonogramma tayyor- lashda, ba’zida kontsert jarayonida ham joriy etilmoqda.