Sintoizm, Shintoizm, sinto
Sintoizm, Shintoizm, sinto (yaponcha sinto, aynan — xudolar yo’li, xudolar ta’limoti) — Yaponiyada tarqalgan dinlardan biri. 6-7-a.larda vujudga kelgan. Bu din buddizm Yaponi- yada tarkala boshlagan davrda xali aniq bir nom b-n atalmas edi. Birinchi marta «sinto» atamasini 18-a.da buddizmdan farq qilish uchun ishlatila boshlangan. 1868-1945 y.larda Yaponiyaning davlat dini bulgan. S. asosida tabiatga va ajdodlar ruhiga sig’inish yotadi. Uning ta’limo- tiga kura, odamlar qandaydir ruhlar yoki Xudo (sin yoki kami)lardan tarqalgan. Oliy xudosi — Amaterasu (quyosh ma’bu- dasi). S. ta’limotining asosini impe- rator hokimiyatining ilohiyligi (impe- ratorga suzeiz itoat etish) tug’risidagi aqida tashkil egadi. Imperator Amate- rasuning avlodi hisoblanadi. S. kupxu- dolikka asoslangan. Sda asosiy e’tibor er yuzidagi hayotga qaratilgan, narigi dunyo masalalariga qiziqish kam. S key- inchalik buddizm, Konfutsiychilik hamda xristianlik ta’siriga uchrashi uning nufuzi pasayishiga olib keldi. Lekin, 20-a.ning 50y. laridan S.ga bo’lgan ras- miy munosabat yana o’zgarib, uning yapon davlatchiligi b-n bog’liq udum, bayram va an’analari ti klana boshladi.