SIONIZM

SIONIZM (Quddusdagi Sion tepaligi nomidan olingan; Bibliya rivoyatlariga ko’ra, bu yerda Dovud podshoning qarorgohi va xudo Yaxvaning uyi bo’lgan) — yahudiy xalqi manfaatlarini ifodalaydigan va himoya qilishni da‘vo qiladigan g’oyaviy, ilmiy va siyosiy harakat. Yahudiylarni Falastinga kelishini rag’batlantirish va u yerda yahudiylar davlatini tuzish orqali yahudiylarning o’z-o’zini anglashini tiklashga qaratilgan mafkura. Unga ko’ra butun dunyo yahudiylari jahon millatini tashkil etadi, unga tarixiy va ilohiylik xos va hakazo. XIX asr oxirida vujudga kelgan. 1948-yildan keyin Isroilni dunyo miqyosida har tomonlama qo’llab-quvvatlashga mo’ljallangan. Sotsialistik va liberal oqimlardan tortib to shovinistik ruhda bo’lgan bir qancha oqimlarni o’z ichiga oladi. Sionistik tashkilotlar 60 dan ortiq mamlakatda ish olib boradi. Yetakchisi – Jahon sionistlar tashkiloti (1897 yilda tuzilgan), qarorgohi Isroil va AQSHda joylashgan.