Sipohsolor
Sipohsolor (fors. — qo’shin boshlovchi, lashkar etakchisi) — 1) so- moniylar saltanatida eng oliy harbiy unvon. U Nishopurdan Amudaryoning Jan. gacha Somoniylarga tegishli barcha erlar- ga xukmronlik qilgan Xuroson voliysi- ga berilgan; 2) Qoraxoniylar qo’shinida «bosh qo’mondon, sarkarda» ma’nosida S. asl turkiy suboshi atamasi b-n parallel qo’llangan; 3) Amir Temur ko’shinida bu istiloh ko’llanishda bo’lmagan. Bobur qushinida bosh qo’mondon mirsipoh deb yuritilgan. Biroq S Alisher Navoiyning nasriy va nazmiy asarlarida «lashkarbo- shi, bosh qo’mondon» ma’nosida iste’- molda bo’lgan; 4) Xiva xonligida jami otliq va piyoda qo’shinga S. qo’mondonlik qilgan.