Siqiluvchanlik

Siqiluvchanlik — har tomo- nidan ta’sir etuvchi kuchlar ta’sirida modda (gaz, suyuqlik va qattiq jism) ning o’z hajmini o’zgartirish xususiyati. Tabiatda mavjud moddalarning barchasi S xususiyatiga ega. Agar moddani qisish natijasida unda kimyoviy, tuzilish va b. jihatdan o’zgarishlar yuz bermasa, tashqi ta’sir to’xtatilganidan keyin u dastlabki holatiga qaytadi (qaytar S.) Gazlar (bug’lar) va suyukliklarda S. qaytmas bo’lishi mumkin. Pnevmatik va gidravlik asboblarning ishi ana shu xos- Saga asoslanadi. Qattiq jismlarda ko- vaklar, darzlar va tuzilishidagi boshqa nuqsonlar bo’lsa, qaytar S. fakat yuqori bosimda yuz beradi (mas, tog jinslari uchun yuqori bosim — 2 — 5 kbar; 1 kbar = 108 N/m2). S. — moddalarning xossa- lari ularning atomlararo (molekulala- raro) masofalarga bog’lik^igi to’g’risida fikr yuritishga imkon beradigan muhim ko’rsatkich. Issiqlik mashinalarining ishini hisoblashda, kimyoviytexnologik jarayonlar, portlash hodisasi, Aero va gi- drodinamik effektlar va b. hodisalarni o’rganishda gazlar (bug’lar), suyuqliklar va qattiq jismlarning S. xossasini bi- lish juda zarur.