Sir qay tariqa tayyorlanadi?
Shisha — kimyoviy turg’un modda. Shuning uchun ham metall yuza shisha qatlami bilan qoplansa, u zanglamaydigan bo’ladi. Sopol idishlarga ham ular suv o’tkazmasligi uchun xuddi shunga o’xshash tartibda ishlov beriladi. Kuydirish vositasida sopol yoxud chinniga mustahkamlangan shishasimon qoplama sir deb ataladi. Bu judayam maroqli manzarali qoplama. Sir shaffof va yupqa, bo’yalgan va tussiz bo’lishi mumkin. Metall yuzalarga ishlov berishda qo’llanadigan shunga o’xshash dekorativ texnika emal deb yuritiladi. Bu ish texnologik jihatdan quyidagicha kechadi: pechda 800— 1 000 Tselsiy darajasidagi haroratda kuydirish bilan mustahkamlanuvchi shisha kukuni qatlami metall buyumlarga yotqiziladi. Badiiy emal har xil buyumlarni bezash, tasviriy rasmlar, portretlar ishlash uchun qo’llanadi. Fransuzlarning Lemoj emali butun dunyoga dong taratgandir.