Sirfidlar

Sirfidlar (Syrphidae) — ikki qanotli qisqamo’ylovlilar turkumi- ga mansub entomofag pashshalar oila- si. O’rta Osiyo sug’orma dexdonchilik mintaqasida tarqalgan. Tanasining uz. 4-23 mm, oqish va qora rangli yo’llarning almashib, navbatmanavbat kelishi b-n ular arilarga o’xshab ketadi. Lichinkasi qurtsimon, oyoqsiz. Soxta pil- la ichida g’umbakka aylanadi. S.ning tur- lari lichinkalari har xil ovqatlanish va hayot kechirish tarziga ega. O’simliklarni biologik himoya qilish usulida yirtqich S. katta ahamiyatga ega, jumladan, yarim oy S. (Syrphus corollae F.), tasmali S. (S. ribessii L.) va b. S. lichinkasi o’simlik bitlari, kapalaklarning kichik yoshda- gi lichinkalari, tripelar, shuningdek, koktsidlar hamda jizildoqlarning ba’- zi turlari b-n oziqlanadi. Ba’zi tur S. nekrofag (hayvon o’limtiklari b-n oziqlanuvchi) va saprofag (o’simlik qoldiklari b-n oziqlanuvchi) hamda Fi- tofag (o’simliklar b-n oziqlanuvchi) bo’lishi mumkin, ayrimlari esa jamoa bo’lib yashaydigan hasharotlar (mas, chumo- lilar) uyasida ular ozig’iga sherikchilik qiladi.