Sirtordush xonligi
Sirtordush xonligi – ilk o’rta asrda Mo’g’uliston hududida tashkil topgan davlat (628-646). 7-a.ning 20y. larida Sharqiy turk xoqonligiaya ro’y bergan tabiiy ofat, ocharchilik, o’zaro nizolar chuqur iqtisodiy-siyosiy ta- nazzulga sabab bo’lgan. Sirtordushlar, uyg’ur, chibni, Tuva, quvirqon, tlong’ut, Buku, bayirg’u, tungro, hun, izgil, kur- Su, qumiq, Adiz, bulsar (baysar) kabi 15 qabila xoqonga bo’ysunishdan bosh tortib, isyon ko’tarishgan. 628 y. sir- tordushlar mustaqil xonlik tashkil etishgan. S.x. hududi Sharqda tang’utlar (xitoycha moxe) yurti, g’arbda G’arbip turk xoqonligi, Jan.da tan sulolasiga mansub hududlargacha etgan. S.x.ga uyg’ur, bayirg’u, Adiz, tungro, Buku, barsuk, kabi kabilalar uyushmasi ham tobe bo’lgan. S.x. aholisi 140 ming oiladan oshgan. Tashqi siyosatda S.x. asosiy e’tiborini Tan davlati b-n tinchtotuv yashashga va shu asosda o’zini muhofaza etishga qaratgan. Biroq tan sulolasi S.x. kuchayishidan xavotirga tushib uni yo’qotishga harakat qilgan. 645 y. sirtordushlar hukmdori Inan vafot etgach, o’g’li Fayue xon qilib ko’tarilgan. Bu xonlikda noroziliklarga sabab bo’lgan. Tan sulolasi bundan foy- dalanib S.x.ni uyg’ur qabilalari uyush- masi qo’li b-n yo’qotishga harakat qilgan va 646 y. o’z maqsadiga erishgan. Uyg’urlar xitoylar yordamida S.x. o’rniga o’z xonli- klarini tashkil etishgan.