Sisiliya

Sisiliya — O’rta dengizdagi eng yirik Orol, Italiya tarkibida. Mayd. 25,4 ming km2. Apennin ya.o.dan Jan.da joylashgan, undan Messina bo’g’ozi b-n ajralgan. Qirg’oklari tik, kam parcha- langan. Relefi tog’va qirlardan iborat. S.da Evropada eng baland harakatdagi Etna vulkani (3340 m) va bir nechta so’ngan vulkanlar bor. Sharqiy va g’arbiy sohil qismi akkumulyativ tekislik. Teztez zilzila bo’lib turadi. Oltingu- gurt, neft, gaz va b. foydali qazilma konlari topilgan. Iklimi subtropik, O’rta dengizga xos iqlim. Sohilbo’yi tekisliklarda o’rtacha tra yanv.da 11 — 12°, iyulda 27-28°, tog’larda 4-8° va 20-24°. Etna cho’qqisida yilning 9 oyi- da qor saqlanadi. Tekisliklarda yillik yog’in 400-600 mm, tog’larda 1200-1400 mm. Tuproqlari tog’jigarrang va qizil tuproq. Tabiiy o’simliklari deyarli qolmagan. Makvis chakalakzorlari va o’rmonlar uchraydi. S. qadimda yunon ma- daniyati markazlaridan biri edi. Ilk o’rta asrlarda S. vandallar (5-a.), ostgot- lar (6-a.), Vizantiya (535 y.dan), arablar (9-a.), 11-a.da normannlar qo’l ostida bo’lgan.