Siydik tutilishi, ishuriya

Siydik tutilishi, ishuriya — siydiktanosil sistemasi a’zolarining turli kasalliklarida kuzatiladi, bunda usma, prostata bezi adenomasi, shu bez- ning yallig’lanishi (parenximatoz Pro- statit), siydik toshi kasalligi va b. sababli siydik chiqarish kanalining te- shigi bekilib qoladi. Bundan tashqari, Markaziy nerv sistemasi kasalliklari, shuningdek, to’gri ichak va but sohasidagi yallig’lanish jarayonlari, chanoq suya- gi shikastlanishi natijasida siydik chiqaruv kanalining zararlanishi ham S.t.ga sabab bo’ladi. S.t.da bemorning teztez siygisi qistaydi, biroq siya ol- maydi, qovuqning to’lib ketganligi se- zilib turadi, chov va but sohasida og’riq paydo bo’ladi. Bemor og’riqni kamayti- rish uchun qulay holat qidiradi: egila- dibukiladi, yuza nafas oladi, sovuq ter bosadi, qaqshab titraydi. S.t.da tez yor- dam ko’rsatish lozim. Bunda maxsus asbob — kateter yordamida zudlik b-n qovuqaan siydik chiqariladi; ba’zan tez opera- tsiya qilinadi, st. o’tib ketganidan so’ng uning sabablarini aniqlash va asosiy kasallikni davolatish uchun vrachurolog- ga murojaat qilish zarur.