Siyob makoni

Siyob makoni — Samarqand sh.dagi Siyob anhori chap qirg’og’ida joy- lashgan so’nggi paleolit davriga oid qarorgoh. O’zbekiston FA ning arxeolo- gik ekspedisiyasi tomonidan topilgan (1969). S.m.ni qazish natijasida bir necha joydan so’nggi paleolit davri- ga oid ko’pgina tosh qurollar chiqqan. Ular, asosan, 2 guruhga bo’linadi: 1guruh qurollari sarg’ish, oq, jigarrang va ko’k rangli chaqmoqtoshlardan tayyorlangan; 2guruhga mansub tosh qurollar, asosan, dioriptshan yirikroq qilib yasalgan. Sm. tosh qurollarining ko’pi prizmatik va b. shakldagi nukleuslardan urib, uchirib olingan tosh parchalardan tayyorlangan. S.m.ning asosiy qurollari: turli xil- dagi pichoqsimon tosh keskichlar, tosh qirg’ichlar, botiq tig’li qurollar va b.